buildingSMART Uzbekistan – Raqamli qurilishning milliy standartlashtirish markazi
Biz O‘zbekiston Respublikasida qurilish va infratuzilma sohasida ochiq raqamli standartlarni (openBIM) rivojlantirish uchun birlashgan professional hamjamiyatmiz. Asosiy maqsadimiz – "buildingSMART International" global tarmog‘ining rasmiy bo‘limi maqomiga erishish va ilg'or xalqaro tajribani qurilish sohasida mahalliy bozorga olib kirish va sohani yagona raqamli ekotizimda birlashtirishdir.
Hamjamiyatga a'zo bo'lish
Biz haqimizda
buildingSMART Uzbekistan – bu O‘zbekiston Respublikasida qurilish sohasini raqamlashtirishdan manfaatdor bo‘lgan yetakchi tashkilotlar va ekspertlarning nodavlat va notijorat hamjamiyatidir.
Ekspertlarimiz ma'lumotlar almashinuvini yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirish maqsadida ochiq formatlar (openBIM) va ISO 19650 standartlarini faol targ‘ib qiladilar. Biz ushbu ilg'or xalqaro tajribani mahalliy bozorga professional yondashuv va ko‘p yillik amaliy tajribamizga tayangan holda olib kiramiz.
Tashkilotimiz O'zbekiston qurilish sanoatini zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan ta'minlash, milliy BIM standartlarini ishlab chiqish va xalqaro tajribalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish ustida faol ishlamoqda.
Ayni paytda biz "buildingSMART International" global tarmog‘ining rasmiy milliy bo‘limi (Chapter) maqomini olish bo'yicha rivojlanish jarayonidamiz. Bizning asosiy vazifamiz – openBIM (IFC, BCF) standartlarini Respublikamizda joriy etish uchun mustahkam poydevor yaratishdir.
Xalqaro buildingSMART Ekotizimi
Global Tarmoq
35+ dan ortiq mamlakatdagi rasmiy bo'limlar va global ekspertlar hamjamiyati bilan integratsiya
Ochiq (openBIM ) Standartlar
Ma'lumotlar almashinuvining ochiq va neytral formatlarini hamda ISO 19650 xalqaro me'yorlarini joriy etish.
Raqamli Innovatsiyalar Markazi
Qurilish sohasida sun'iy intellekt, raqamli egizaklar (Digital Twins) va avtomatlashtirish texnologiyalarini rivojlantirish.
Strategik Hamkorlik Ekotizimi
Davlat organlari, yetakchi biznes vakillari va oliy ta'lim muassasalari o'rtasida samarali muloqot platformasi
Strategik Faoliyat Yo'nalishlari va Yechimlar
Biz O'zbekiston qurilish bozorini xalqaro darajaga ko'tarish uchun zarur bo'lgan me'yoriy infratuzilma, professional malaka va ilg'or bilimlar bazasini shakllantiramiz.
Milliy va Xalqaro Standartlar Uyg'unligi
O'zbekiston qurilish me'yorlari va qoidalarini (QMQ) xalqaro BIM standartlari, xususan ISO 19650 seriyasi bilan uyg'unlashtiramiz. Tashkilotlarga openBIM tamoyillarini tatbiq etishda uslubiy yordam ko'rsatamiz.
Professional Sertifikatsiyalash Tizimi
buildingSMART International metodologiyasi asosida mahalliy mutaxassislar uchun o'quv dasturlari va malaka oshirish kurslarini tashkil etamiz. Xalqaro darajadagi BIM menejerlar va koordinatorlarni tayyorlaymiz.
Yagona Bilim va Resurslar Bazasi
Eng so'nggi texnik qo'llanmalar, use cases va best practice namunalariga kirish imkoniyatini taqdim etamiz. Sohadagi eng dolzarb mavzular bo'yicha vebinarlar, ishchi guruhlar va tadqiqotlar tashkil qilamiz.
Nega buildingSMART hamjamiyatiga qo'shilish kerak?
A'zolik – bu nafaqat kompaniyangizning imkoniyatlarini kengaytirish, balki O'zbekiston Respublikasida qurilish sanoatining kelajagini shakllantirish jarayonida faol ishtirokdir. Biz bilan hamkorlikda siz milliy va xalqaro miqyosda faol ish yuritishingiz mumkin.
A'zolikning Asosiy Afzalliklari
Strategik ta'sir
O'zbekistonda milliy BIM standartlarini ishlab chiqish va joriy etish jarayonida bevosita ishtirok eting. Siz sohaning kelajagini belgilash, texnik talablarni shakllantirish va davlat dasturlarida ko'rinish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Xalqaro bilimlar
Jahon miqyosidagi eng so'nggi texnologiyalar, qo'llanmalar va OpenBIM resurslaridan cheksiz foydalanish huquqi. buildingSMART International kutubxonasi, tadqiqotlar va global konferentsiyalarga kirish huquqini oling.
Global hamkorlik
Mahalliy va xalqaro ekspertlar, buyurtmachilar va hamkorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatish imkoniyati. Networking tadbirlari, ish guruhlari va professional jamiyatlar orqali biznesingizni rivojlantiring.
Marketing va Nufuz
Kompaniyangizni innovatsion yetakchi sifatida ko'rsating va rasmiy a'zolik maqomiga ega bo'ling. buildingSMART logotipi va sertifikatlaridan foydalanib, bozorda raqobatdosh ustunlikka erishing.
A'zolik Darajasi va Imkoniyatlar
Assotsiativ A'zo
Kichik va o'rta kompaniyalar uchun
  • Tadbirlarda ishtirok
  • Asosiy resurslar
  • Tarmoq aloqalari
Korporativ A'zo
Yirik kompaniyalar uchun
  • To'liq resurslarga kirish
  • Treninglarda chegirmalar
  • Texnik qo'llab-quvvatlash
Strategik Hamkor
Soha yetakchilari uchun
  • Qarorlar qabul qilishda ishtirok
  • Maxsus marketing
  • Shaxsiy maslahatlar
buildingSMART Uzbekistan a'zolar Hamjamiyati
3+
Asosiy Ishtirokchilar
Davlat organlari, xususiy biznes va ta'lim sektori vakillari uchun yagona muloqot maydoni.
2026
Rejalashtirilgan Faoliyat
Yil davomida o'tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, amaliy vorkshoplar va texnik ishchi guruhlar sessiyalari.
Maqsad
Maqsadli Auditoriya
BIM Menejerlar, Loyihachilar, Muhandislar va kelajak quruvchilari bo'lgan talabalar.
bSU Nashriyoti: Professional Adabiyotlar
Qurilish sohasini raqamlashtirish va BIM menejmenti bo'yicha eng so'nggi amaliy qo'llanmalar.
O'zbekiston sharoitiga to'liq moslashtirilgan
Amaliy loyihalar uchun tayyor materiallar
Muhandislar va loyiha menejerlari uchun zarur bilimlar
bSU Akademiyasi: Tadbirlar va Workshoplar
OpenBIM bo'yicha malakangizni oshiring. Onlayn va oflayn formatdagi professional treninglar.
Ro'yxatga olish boshlandi
BIM Menejmenti Asoslari
Yangi boshlanuvchilar uchun BIM texnologiyalari va loyiha boshqaruvi bo'yicha intensiv kurs.
Ro'yxatga olish boshlandi
ISO 19650 Standartlari
Xalqaro standartlarni amaliy loyihalarda qo'llash bo'yicha professional trening.
Ro'yxatga olish boshlandi
OpenBIM Vorkshop
IFC formatlar va ma'lumotlar almashinuvi bo'yicha amaliy mashg'ulot.
Akademiya va Tadbirlar
Biz bilan malakangizni oshiring!
Microsoft Teams orqali onlayn va oflayn formatdagi professional treninglar. Bizning o'quv dasturlarimiz amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan va real loyihalarda qo'llash uchun zarur bilimlarni beradi.
Har bir kurs oxirida ishtirokchilar Sertifikat olishadi va buildingSMART professional jamiyatining a'zosi bo'lishadi.
Amaliy Workshoplar va Webinarlar
openBIM, IFC formatlari va raqamli vositalardan foydalanish bo'yicha qisqa muddatli intensiv onlayn mashg'ulotlar.
Xalqaro Sertifikatsiyalash Dasturi
Chuqurlashtirilgan kurslar. Muvaffaqiyatli bitiruvchilar buildingSMART xalqaro sertifikatiga ega bo'ladilar.
Korporativ O'quv Yechimlari
Sizning tashkilotingiz ehtiyojlariga moslashtirilgan, jamoaviy malaka oshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturlar.
O'quv Dasturlari
Workshop: BIM ga kirish
Qurilish sohasini raqamlashtirish va IFC formatlari bo'yicha amaliy onlayn seminar. 2 kunlik intensiv dastur BIM asoslari, dasturiy ta'minot va real loyihalar bilan ishlashni o'z ichiga oladi.
Master-klass: CDE Muhiti
Loyiha ma'lumotlarini bulutli texnologiyalar yordamida boshqarish bo'yicha chuqurlashtirilgan dars. Common Data Environment ni sozlash, foydalanish va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha amaliy mashg'ulotlar.
Korporativ Treninglar
Sizning kompaniyangiz xodimlari uchun individual ishlab chiqilgan maxsus o'quv dasturlari. Biz jamoangizning ehtiyojlariga moslashtirilgan treninglar taklif qilamiz va sizning ofislaringizda yoki onlayn o'qitishni tashkil qilamiz.
buildingSMART O'zbekiston Hamjamiyatining asosi
Ta'lim Muassasalari
  • O'quv dasturlarini ishlab chiqish
  • Talabalar uchun sertifikatlash
  • Amaliy loyihalar bo'yicha hamkorlik
Davlat Organlari
  • Milliy standartlarni yaratish
  • Qonunchilik takomillashtiruvi
  • Raqamli transformatsiya dasturlari
Xususiy Sektor
  • Loyiha konsalting xizmatlari
  • BIM jarayonlarini joriy etish
  • Texnik qo'llab-quvvatlash
Biz bilan bog'laning
Hamkorlik, a'zolik yoki o'quv dasturlari bo'yicha savollaringiz bormi?
Biz doimo aloqada va sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz. Quyidagi aloqa ma'lumotlari orqali biz bilan bog'laning yoki ofisimizga tashrif buyuring.

Ish vaqti: Dushanba-Juma, 09:00-18:00